Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ustoz. “Ishxonangizda qisqarishga tushdingizmi? Nima qilishni bilmayapsizmi?” degan maqolangiz bilan tanishdim. Qisqarishga tushib bo’shadim, ishdan bo’shatish nafaqasini oldim, hozir ish qidiryapman. Lekin kasal bo’lib davolanyapman. Menga “bolnichniy” t


Ustoz. “Ishxonangizda qisqarishga tushdingizmi? Nima qilishni bilmayapsizmi?” degan maqolangiz bilan tanishdim. Qisqarishga tushib bo’shadim, ishdan bo’shatish nafaqasini oldim, hozir ish qidiryapman. Lekin kasal bo’lib davolanyapman. Menga “bolnichniy” to’lab beriladimi?

❗️Qisqarishga tushgan xodimga beriladigan kafolatlar haqida batafsil ushbu maqolamizda to’xtalib o’tganmiz https://t.me/mehnathuquqi/5915

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 4-bandiga ko’ra, ayrim hollarda, ya’ni mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingandan (Mehnat kodeksining 67-moddasi. Izoh: Amaldagi Mehnat kodeksining 100-moddasi) keyin 1️⃣ oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan bo‘lsa, nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan to‘lanadi.

Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi muddatli xizmat safidan bo‘shatilgan sobiq harbiy xizmatchilarga ham qo‘llaniladi.

⚠️ Demak, qisqarishga tushib shartnoma bekor qilingandan so’ng, 1️⃣ oy ichida kasallikka chalingan bo’lsangiz, “bolnichniy” yashash joyingizdagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan to‘lanadi.

❗️ Diqqat! MK 100-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinishiga quyidagilar kiradi:

xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi 137;

xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi 146;

xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holati bo‘yicha o‘ziga qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan boshqa ishga o‘tishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi 143;

texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi 161-modda 2-qismi 2-bandi;

tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) o‘z ta’sischilari (ishtirokchilari) qaroriga ko‘ra tugatilganligi yoxud ta’sis hujjatlari bilan shunga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs organining qaroriga ko‘ra tugatilganligi 161-modda 2-qismi 1-bandi;

bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi 161-modda 2-qismi 3-bandi;

shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi 168-modda 1-qismi 2-bandi;

sudning tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi 168-modda 1-qismi 6-bandi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa bosh buxgalter vazifalarini amalga oshiruvchi xodim (bundan buyon matnda bosh buxgalter deb yuritiladi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ayrim toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan kafolatlarni taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeks 494-moddasining beshinchi qismiga, 506-moddasining to‘rtinchi qismiga, 511-moddasining yettinchi qismiga, 518-moddasining yettinchi qismiga muvofiq belgilanadi.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig‘i  

O‘smonov Bahromjon