Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Assalom alaykum yoshim 52 da sakrashiniyaga tushganman pensiyaga chiqa olamanmi stajim 32 yil birja 6 oy pul tulaymiz dedi keyin pensiyaga chiqa olamanmi?


Assalom alaykum yoshim 52 da sakrashiniyaga tushganman pensiyaga chiqa olamanmi stajim 32 yil birja 6 oy pul tulaymiz dedi keyin pensiyaga chiqa olamanmi?

Javob

"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar — 60 yosh (ish staji kamida 25 yil),

ayollar — 55 yoshga (ish staji kamida 20 yil) to'lganda ega bo‘ladilar.

Mazkur qonunning 9-13-moddalarida fuqarolarning umumiy belgilangan yoshni o'n, besh va boshqa turli yillarga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi mavjud. Masalan, yerosti ishlarida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar 7-moddada belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Sizning qaysi faoliyat turlari bilan shug'illanganligingiz bizga ma'lum emas. Shu sababli aniq javob beraolmaymiz.

Qonunning 14-moddasiga asosan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar: erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig‘i  

O‘smonov Bahromjon