Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bir xodimimiz korxonamizda 15 yildan beri ishlaydi. U bilan mehnat shartnomasi o’z xohishi bilan bekor qilinmoqda. Xodim ish yilida 6 oy ishlagan. Shunda MK 220-moddasidagi ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ya’ni


Bir xodimimiz korxonamizda 15 yildan beri ishlaydi. U bilan mehnat shartnomasi o’z xohishi bilan bekor qilinmoqda. Xodim ish yilida 6 oy ishlagan. Shunda MK 220-moddasidagi ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ya’ni 6 kunni to’liq beramizmi yoki 6 oyga mutanosibmi?

✅ Mutanosib hisoblanadi. MK 222-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

Shuningdek, MK 224-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

❗️Buni misol bilan tushintiramiz. Xodimning har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kun. Bitta tashkilotda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili 15 yillik staji uchun 6 kun. Jamoa shartnomasidagi qo‘shimcha mehnat ta’tili 3 kun. Shunda (21+6+3)/12= 2.5 Chiqqan natijani to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytiramiz 2.5*6= 15. Demak, Sizning holatingizda xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda 15 kalendar kun uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat