Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mavsumiy ishchiga o’quv ta’tili berish mumkinmi?


Mavsumiy ishchiga o’quv  ta’tili berish mumkinmi?

MK 213-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta’tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:

har yilgi mehnat ta’tili;

ijtimoiy ta’tillar;

ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;

ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi:

xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi;

xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam bo‘lmagan ta’tillar berilishini ta’minlashi;

ta’tillar berish tartibiga rioya etishi;

xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar sohasidagi qo‘shimcha huquq va kafolatlarni berishi shart.

MK 237-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

Mavsumiy xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan 491-494-moddalarda ham alohida istisno ko’rsatilmagan.

✅ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, mavsumiy xodimlarga ham ijtimoiy ta’tillar, shu jumladan o’quv ta’tili ham beriladi.

Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i  Suleymanov Shavkat