Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodimdan majburlab ariza yozdirib olsa bo‘ladimi


Xodimdan majburlab ariza yozdirib olsa bo‘ladimi

MK 161-moddasi 1-qismiga ko’ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asoslangan bo‘lishi kerak.

❌ Bundan tashqari, xodimni majburlab ariza ham yozdira olmaysiz. Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirmoqlari lozim. Bunda sudlarning e’tibori, xodimni ariza yozishga nafaqat majburlash, bosim yoki tazyiq o‘tkazish, balki xodimda mehnat munosabatlarini tugatish istagi bo‘lmay turib, ish beruvchi tomonidan uni ariza yozishga faol ravishda undash harakatlari ham qistov sifatida baholanishi lozimligiga qaratilsin (https://lex.uz/docs/-6684613 21-bandi).

Eski Mehnat kodeksida xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda 100-modda 2-qism 7-bandi bilan ish beruvchi tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin edi.

❌ Amaldagi mehnat qonunchiligi bo’yicha esa xodimning aynan pensiya yoshiga to’lganligi vaji bilan ish beruvchi tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas.

⚠️ Demak, xulosa qilsak, pensionerlarni aynan pensiya yoshiga to’lishi munosabati bilan ish beruvchi tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomani bekor qilish mumkin emas.

✅ Pensioner bilan boshqa asoslar bilan shartnomani bemalol bekor qilish mumkin. Masalan, pensioner aybli xatti-harakatlar sodir etsa u bilan mehnat shartnomasini mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi yoki xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi munosabati bilan bekor qilish mumkin va hokazo.

Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i  Suleymanov Shavkat