Янгиликлар
Xodim pensiya yoshiga yetsa
Xodim pensiya yoshiga yetsa
❗️“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 14-moddasiga ko’ra, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar https://lex.uz/docs/-112314
❗️“Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan sabablarga (asoslarga) ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi https://lex.uz/ru/docs/-596542
❌ Yo’riqnomaning 13-bandiga ko’ra, muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga to‘lanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya to‘lash to‘xtatiladi.
❗️Yo’riqnomaning 14-bandiga ko’ra, muddatidan oldin pensiya tayinlangandan so‘ng fuqarolar ishga kirib, so‘ngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan bo‘shasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bog‘liq ravishda quyidagi tartib qo‘llaniladi:
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yo‘riqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga ko‘ra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya to‘lovi ham tiklanmaydi.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat