Янгиликлар
Nogiron odamni shtatini qisqartirsa bo ‘ladimi
Nogiron odamni shtatini qisqartirsa bo ‘ladimi
✅ Bo’ladi. Qonunchilikda nogironligi bo’lgan shaxslar qisqartirishga tushmaydi degan taqiq yo’q. Nogironligi bo’lgan shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilib, ish beruvchi tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.
❌ Nogironligi bo’lgan shaxs homilador bo’lsa (MK 408-modda) yoki 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bo’lsa qisqarishga tushmaydi.
✅ Demak, mehnat shartnomasini bekor qilishda MKning 163-moddasida belgilangan taqiqlarni inobatga olib, nogironligi bo’lgan shaxlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko’ra bekor qilish mumkin.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat