Янгиликлар
Shtat qisqarganligi bois ishdan ketishimga to‘g‘ri kelgandi. Biroq 2 oy o‘tganidan keyin yana shtat ochilib xuddi shu lavozimga vakant e’lon berishibdi. Meni qaytib olishlarida imtiyozlarim bormi?
Shtat qisqarganligi bois ishdan ketishimga to‘g‘ri kelgandi. Biroq 2 oy o‘tganidan keyin yana shtat ochilib xuddi shu lavozimga vakant e’lon berishibdi. Meni qaytib olishlarida imtiyozlarim bormi?
MK 102-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, ish beruvchi MK 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga ko‘ra (texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi) ilgari o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran 6️⃣ oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ishga qabul qilishi shart.
❗️Ya’ni sodda qilib aytganda, Siz qisqarishga tushib ishdan bo’shadingiz. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran 6️⃣ oy ichida tashkilotda Siz ilgari egallagan mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, agar tashkilotga murojaat qilsangiz, Sizni ishga qabul qilishlari shart.
Boshqa xodimni ishga olib qo'yishgan bo'lsachi❓ Bu savolga keyingi postlarimizda javob topasiz. Bizni kuzatishda davom eting...
Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat