Янгиликлар
Xodimimiz 1 oy muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta'til olib ketgandi. Shu davrda operatsiya bulib bolnichniy qildiribdi. Ish haqi saqlanmagan davri uchun ham bolnichniy to'lanadimi?
Xodimimiz 1 oy muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta'til olib ketgandi. Shu davrda operatsiya bulib bolnichniy qildiribdi. Ish haqi saqlanmagan davri uchun ham bolnichniy to'lanadimi?
❌ ”Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʼgʼrisida”gi yoʼriqnomaning https://lex.uz/docs/-2625878 (roʼyxat raqami 2667, 17.04.2015 y.) 8-bandiga koʼra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari ishlamaydigan shaxslarga, ish haqi saqlanmagan holda mehnat taʼtilida boʼlgan shaxslarga (mazkur Yoʼriqnomaning 29-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollardan tashqari) va harbiy xizmatchilarga berilmaydi ????.
✅ Yoʼriqnomaning 29-bandi uchinchi xatboshisiga koʼra, bola ikki va uch yoshga toʼlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtil yoki ish haqi saqlanmagan holda qoʼshimcha taʼtilda boʼlgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
❌ “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning https://lex.uz/docs/-357102 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 22-bandiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish haqi saqlanmagan ta’til davriga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi.
⚠️ Diqqat! Ish haqi saqlanmagan ta’til tugagan, biroq kasallik varaqasi hali yopilmagan boʼlsa, xodim ishga chiqishi kerak boʼlgan kunlar uchun nafaqa olish huquqiga ega.
⚠️Vaziyat
Xodim 5 kunga – 18–23-yanvar kunlari uchun oʼz hisobidan taʼtilga chiqdi, biroq xodim 21–26-yanvar kunlari orasida kasal boʼldi. Yaʼni kasallik davri qisman Ish haqi saqlanmagan ta’til davriga toʼgʼri keldi (3 kun ya’ni 21-23-yanvar). Ana shu 3 kunga bolnichniy to'lanmaydi. 27-yanvar kuni ishga chiqib, buxgalteriyaga kasallik varaqasini taqdim etdi.
Buxgalter 24–26-yanvar kunlari uchun nafaqa hisoblashi kerak.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat