Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Man maktabda ishlayman. Ikkita intizomiy jazo xodimga nisbatan berilgan. Hayfsan bergan direktor ishdan bushadi yangi direktor xodimga berilgan jazolarni bekor qilishni aytyapti. Bu mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob

Mehnat kodeksining 315-moddasiga asosan, ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Shunday ekan ushbu vaziyatda yangi kelgan direktor ish beruvchi sifatida eski direktorning intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruqlarini bekor qilib, xodimning har ikkala intizomiy jazosi xususan, hayfsanini olib tashlashi mumkin. Bunga hech qanday ta’qiq yoki cheklov yo‘q.

Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat