Янгиликлар
Xodim bilan kasallik davrida mehnat shartnomasini bekor qilsa bo'ladimi...
Xodim bilan kasallik davrida mehnat shartnomasini bekor qilsa bo'ladimi...
❌ MK 163-moddasiga ko’ra, xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
⚠️ E’tibor bering xodim kasal bo’lgan vaqtda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
✅ Boshqa asoslarga ko’ra, masalan, 132, 157, 158, 160 va boshqa moddalar bilan xodim kasal bo’lgan vaqtda ham mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.
❌ Ogohlantirish muddati masalasiga kelsak, MK 165-moddasi(Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish)ga ko’ra, xodimni ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, shuningdek uning davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti qo‘shilmaydi, mehnatga oid munosabatlarning korxona tugatilganligi natijasida bekor qilinishi bundan mustasno.
⚠️ E’tibor bering bu yerda ham gap mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish haqida ketyapti.
✅ MK 160-moddasidagi 14 kunlik va boshqa ogohlantirish muddatlari xodim kasal bo’lsada o’taveradi.
❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak xodim o’z tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish haqida 14 kun oldin ogohlantirgan muddat davomida, xodim kasal bo’lib qolsa ogohlantirish muddati o’taveradi hamda muddat tugagach xodim kasal bo’lsada shartnomani bekor qilaverasiz.
⚠️ Diqqat! “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 11-bandiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
✅ Demak, xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda ham bolnichniy pulini kasallikning butun davriga beriladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat