Янгиликлар
Qorovullarga tungi ish uchun 1,5 barobar haq to'lanishi shartmi?
Qorovullarga tungi ish uchun 1,5 barobar haq to'lanishi shartmi?
amaliyotda aksariyat tashkilotlar MK 188-moddasi 4-qismidagi quyidagi normani noto’g’ri talqin qilishmoqda. Mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi vaqtdagi ishning davomiyligi kunduzgi vaqtdagi ishning davomiyligi bilan tenglashtiriladi . Mazkur ishlar ro‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanishi mumkin.
⚠️ MK 188-moddasi 4-qismida mehnatga haq to’lash haqida hech qanday gap yo’q. Unda nima haqida gap ketmoqda? Gap shundaki, agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartirilishi lozim. Masalan, xodimning ish vaqti 8 soat. Shuni yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, uning ish vaqti 1 soatga qisqaradi. Ya’ni 8 soat emas 7 soat ishlaydi. Biroq, mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi ya’ni 1 soatga qisqarmaydi: 7 soat emas 8 soat ishlanadi. Lekin tungi vaqt uchun kamida 1.5 hissa haq to'lanishi shart.
MK 264-moddasiga ko’ra, tungi vaqtdagi (soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt) quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:
mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qo‘llagan holda;
mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega bo‘lgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qo‘shimcha to‘lov to‘liq to‘lanadi.
Chunki tungi vaqtdagi ishning kunduzgidan farqli ravishda inson organizmiga zarari va yuklamasi ko'p. Shuning uchun ham tungi vaqt uchun oshirilgan miqdorda haq to'lanadi.
❗️Demak, Sizga tungi vaqtdagi ishingizing har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanishi shart.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Suleymanov Shavkat