Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Metan zapravkalarda ish vaqti qisqartirildi. Bu holatda u yerda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to’lash qanday tartibda bo’ladi?


Metan zapravkalarda ish vaqti qisqartirildi. Bu holatda u yerda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to’lash qanday tartibda bo’ladi?

❌ Bu holatda MK 137-moddasi (Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi) tushmaydi. Chunki metan zapravkalardagi holat ish beruvchi tashabbusi bilan bog’liq emas. Ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar tufayli qisqargani yo’q. Bu holatda ish beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ish vaqti qisqarmoqda.

✅ Bu holatda, MK 266-moddasi 2-qismini qo’llash to’g’ri bo’ladi deb hisoblaymiz. Unga ko’ra, ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.

Bekobod shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin