Янгиликлар
Yaqinda dadam vafot etdilar. Ish joyimdan moddiy yordam olsam, daromad solig’i to’laymanmi?
Yaqinda dadam vafot etdilar. Ish joyimdan moddiy yordam olsam, daromad solig’i to’laymanmi?
Soliq kodeksi 378-moddasiga ko’ra, vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda moddiy yordam summalariga soliq solinmaydi.
Ushbu Kodeksning 377-moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, soliq davri uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda https://lex.uz/docs/-4674902.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1mln 50 ming.
Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning https://lex.uz/docs/-4532496 33-bandiga ko’ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida 2 lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
❗️ Aytaylik, maktab o’qituvchisiga yaqin qarindoshi vafot etganligi uchun 2 lavozim maoshi miqdorida, masalan, 5 million moddiy yordam ko’rsatildi. Demak, soliqni hisoblaymiz.
1mln 50 ming *4.22= 4 mln 431 ming so’m
5 million - 4 million 431 ming 600 so’m= 569 ming so’m. Demak, bu holatda xodim 5 mlndan emas balki 569 ming so’mdan 12% ya’ni 68 ming 280 so’m daromad solig’i to’laydi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin