Янгиликлар
Maktabda ishlayman. Yaqinda bola parvarishlash ta’tilidan ishga chiqdim. Majburiy attestatsiyadan o’tishim shartmi?
Maktabda ishlayman. Yaqinda bola parvarishlash ta’tilidan ishga chiqdim. Majburiy attestatsiyadan o’tishim shartmi?
✅Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ILOVA https://lex.uz/docs/-5641270 “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
❌Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
❗️Pedagog kadrlar har 5️⃣ yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga 3️⃣ yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiyaga ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.
❌ Nizomga ko’ra, homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida, homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar va yana boshqa bir qator boshqa xodimlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
⚠️ Demak, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaysiz. Lekin o‘z xohishingizga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishingiz mumkin. O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin