Янгиликлар
Men Xususiy instutda oʻqiyman 2 kursman maktabgacha taʼlim yoʻnalishim. 2 kurslar ishlamasin degan qaror chiqarganmi
Men Xususiy instutda oʻqiyman 2 kursman maktabgacha taʼlim yoʻnalishim. 2 kurslar ishlamasin degan qaror chiqarganmi
✅Talabani ishlashiga hech qanday taqiq yo'q. Bu yerda talabaning nechanchi kursda o'qishini ahamiyati yo'q. Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq (https://lex.uz/docs/327039#328488), kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta'limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega.
❌⚠️ Faqat bir narsaga e'tibor qarating! Qonunchilik hujjatlarida alohida malaka, bilim va ko'nikma talab qiladigan sohalar uchun alohida talablar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga 1-Iilova “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-1 bandiga ko’ra:
❌Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nizomning 7-2 bandiga ko’ra esa , oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
❗️Demak, Agar shu sohada o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo'lmasangiz u holda Siz 3-kursdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishingiz mumkin va Sizga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasida maosh to’lanadi.
❗️Agar shu sohada o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotingiz bo'lsa, u holda 2-kursdan ishlashingiz mumkin bo'ladi.
❗️Lekin, alohida malaka talab qilmaydigan boshqa sohalarda istalgan kursdan bemalol ishlashingiz mumkin.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin