Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qon topshirgan xodimga ish beruvchi bazaviy hisoblashning 5 barobari miqdorida pul to'lashi shartmi?


Qon topshirgan xodimga ish beruvchi bazaviy hisoblashning 5 barobari miqdorida pul to'lashi shartmi?

❌ Qonunchilikda bunday norma mavjud emas.

MK 283-moddasiga ko'ra, tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Lekin qonunda xodimga yana qandaydir pulli kompensatsiya to'lansin degan talab mavjud emas.

Ko’pchilik Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizomdagi quyidagi normaga chalg’imoqda https://lex.uz/uz/docs/-2434762�

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti oladilar. Ushbu ko’krak nishonni olish esa, oson ish emas. Nishon bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

Bekobod shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin