Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ta’tilni qismga bo‘lish


Ta’tilni qismga bo‘lish

Mehnat kodeksi 231-moddasiga ko’ra, xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga koʼra har yilgi mehnat taʼtili qismlarga boʼlinishi mumkin. Bunda ushbu taʼtilning hech boʼlmaganda bir qismi 1️⃣4️⃣ kalendar kundan kam boʼlmasligi kerak.

⚠️ E’tibor bering, xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga koʼra har yilgi mehnat taʼtili qismlarga boʼlinishi mumkin deyilmoqda. Shuningdek, yana e'tibor bering, birinchi qismi emas, istalgan bir qismi 14 kundan kam bo'lmasa bo'ldi.

❗️Eski tahrirdagi Mehnat kodeksining 146-moddasida esa xodimning xohishiga ko‘ra deyilgan edi. Ya’ni xodimning xohishiga ko‘ra uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilar edi. Bunda ta’tilning bir qismi 1️⃣2️⃣ ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim edi.

 

Bekobod shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin