Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Aytishlaricha 3-guruh nogironlariga ham pensiya beriladigan bo’libdi, shu to’g’rimi?


Aytishlaricha 3-guruh nogironlariga ham pensiya beriladigan bo’libdi, shu to’g’rimi?

❗️Avval nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlananar edi.

❗️O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni bilan o’zgartirish kiritildi. Unga ko’ra????

????nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

⚠️Demak, barcha 3-guruh nogironlariga emas faqatgina Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslargagina nogironlik pensiyalari tayinlanadi.

 

Bekobod shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin