Янгиликлар
Otam 16 yil notarius bo‘lib ishlagan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudida 2018-2022-yillarda bir muddat 5 sudya bo‘ldi. Hozir 59 yoshda, 2024-yil fevralda 60 ga to‘ladi? Eshitishimcha, sudyalikdan pensiyaga chiqsa, pensiya miqdori ko‘proq bo‘lar ekan.
Aytishlaricha 3-guruh nogironlariga ham pensiya beriladigan bo’libdi, shu to’g’rimi?
❗️Avval nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlananar edi.
❗️O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni bilan o’zgartirish kiritildi. Unga ko’ra????
????nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
⚠️Demak, barcha 3-guruh nogironlariga emas faqatgina Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslargagina nogironlik pensiyalari tayinlanadi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin