Янгиликлар
Assalomu aleykum ingliz tili o'qituvchisiman darsimiz ikki guruhga bulinib o'tadi sherigim dekabr oyidan boshlab bs yani o'z hisobidan tatil oldi mayga qadar o'sha sinfni qo'shib o'tarkanman menga birorta pul tulanmas ekan shu tug'rimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilova “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
Shunday ekan, ushbu holatda sizga haq to'lanmaydi. Albatta ushbu normani Mehnat kodeksining 116, 252-moddalariga asosan, qayta ko'rib chiqish lozim deb hisoblaymiz. Mehnatga haq to'lamaslik birinchidan xodimning huquqlariga daxl qiladi, ikkinchidan ta'lim sifatiga o'zining salbiy ta'sir o'tkazmasdan qolmaydi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin