Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Assalomu aleykum ingliz tili o'qituvchisiman darsimiz ikki guruhga bulinib o'tadi sherigim dekabr oyidan boshlab bs yani o'z hisobidan tatil oldi mayga qadar o'sha sinfni qo'shib o'tarkanman menga birorta pul tulanmas ekan shu tug'rimi? O‘zbekiston Respu


15.12.2023 yildan xomlodorlik va tugushdan keyingi mexnatga laekatsizlik varakasi ochilgan yangi yil bayrami munosabati bilan boshkarmamizdan 2023 yil davomida yaxshi ishlaganlar uchun ragbatlantirish kelgan yangi yil bayrami munosabati bilan men ham ololamanmi?

Mehnat kodeksining 252-moddasiga asosan, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

Mehnat kodeksining 299-moddasiga binoan, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

Mennat kodeksining 24-moddasiga asosan, ish beruvchi xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish huquqiga ega.

Yuqoridagi hujjatlar asosida aytishimiz mumkinki, sizni yangi yil bayrami bilan rag'batlantirish ish beruvchining xohishiga bog'liq. Kodeksda bola parvarishlash paytida xodimlarga "bayram puli berilmaydi" degan qoida yo'q.

 

Bekobod shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin