Янгиликлар
Tatillar jadvalini vaqtida tasdiqlash kerak
Tatillar jadvalini vaqtida tasdiqlash kerak
MJTK 49-moddasiga koʼra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʼlsa, bundan bila turib gʼayriqonuniy ishdan boʼshatish mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
❗️MK 228-moddasi 2-qismiga ko’ra, ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadi.
❗️Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda ta’tillar jadvali bo’lishi shart. ❌ Bundan mustasno, mikrofirmalar. MK 505-moddasiga ko’ra, ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma ichki hujjatlarni (ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni, mukofotlash haqidagi nizomni, smenalar jadvalini va boshqalarni) qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
❗️Bundan tashqari, MK 509-moddasiga ko’ra, ish rejimi, dam olish kunlarini va yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin