Янгиликлар
Bizni ishxonami Yani nasos stansiya teng sheriklikka fermerga berilyapti. Biz o'zimizni tashkilotga bo'shash xaqida ariza yozishamiz kerak ekan keyin fermer xohlasa ishlatar ekan. Shu to'g'rimi?
Bizni ishxonami Yani nasos stansiya teng sheriklikka fermerga berilyapti. Biz o'zimizni tashkilotga bo'shash xaqida ariza yozishamiz kerak ekan keyin fermer xohlasa ishlatar ekan. Shu to'g'rimi?
Ushbu vaziyatda sizga ishdan bo'shash haqida ariza yozishingizni tavsiya etmaymiz. Sababi agar ariza yozsangiz o'zingiz xohlab ishni tashlab ketgan bo'lasiz. Bunda ish beruvchi sizni Mehnat kodeksining 160-moddasi bilan ishdan bo'shatadi.
Mehnat kodeksining 156-moddasiga asosan, tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilganda, qo‘shib olinganda, bo‘linganda, ajratib chiqarilganda, o‘zgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.
Shunday ekan qonun bo'yicha siz o'z ishingizda qolasiz. Nasos stansiyaning teng sheriklikka fermerga berilishi sizni ishdan bo'shatishga asos bo'lmaydi, fermerda o'z ishingizni davom ettiraverasiz.
Agar siz tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bo'lsangiz, masalaga 489-modda bo'yicha yechim beriladi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin