Янгиликлар
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, 1 oy ichida qo‘llaniladi. 6 oy o‘tganidan so’ng keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, xodim bugun 29-dekabrda nojo‘ya xatti-harakat sodir qildi. Xodimning bu nojo‘ya xatti-harakati orad
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, 1 oy ichida qo‘llaniladi. 6 oy o‘tganidan so’ng keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, xodim bugun 29-dekabrda nojo‘ya xatti-harakat sodir qildi. Xodimning bu nojo‘ya xatti-harakati oradan 5,5 oy o’tib aniqlanyapti deylik. Shunda jazoni 1 oy ichida qo’llash kerakmi yoki yarim oy ichidami?
❗️Mehnat kodeksi 314-moddasiga ko’ra, intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi.
❗️Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran 6 oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa, u sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi.
⚠️ Demak, e’tibor qiling bu holatda har ikki muddatga ham rioya qilish shart. Ya’ni Sizning holatda intizomiy jazo yarim oy ichida qo’llanilishi shart. Nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin 1 oy ichida qo’llasam bo’ladiku, desangiz adashasiz. Chunki bu holatda 6 oylik muddat o’tib ketadi.
Bekobod shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Tursunov Nizomiddin