Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Assalamu aleykum xodim bir ish joydan bo'shab boshqa ish joyiga o'tayotganda yangi ish joyi oldin ishlagan joyidan surishtrsa va eski ish joyidan hodim haqida shaxsiy adovat tufayli hodim haqida yolg'on ma'lumot, tuhmat qilishsa va yangi ish joyiga ishga


Assalamu aleykum xodim bir ish joydan bo'shab boshqa ish joyiga o'tayotganda yangi ish joyi oldin ishlagan joyidan surishtrsa va eski ish joyidan hodim haqida shaxsiy adovat tufayli hodim haqida yolg'on ma'lumot, tuhmat qilishsa va yangi ish joyiga ishga qabul qilinmasa hodim qanday yo'l tutish kerak?

Mehnat kodeksining 320-moddasiga asosan, ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o‘rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagi natijasida olinmagan bo‘lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi: xodimning boshqa ishga kirishiga to‘sqinlik qiladigan, uning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi.

Mazkur moddaning mazmunidan kelib chiqib aytishimiz lozimki, siz ushbu vaziyatda o'zingizga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida yashab turgan hududingizdagi fuqarolik ishlari bo'yicha tuman sudiga murojaat qilishingiz mumkin. Faqat   yolg'on ma'lumot, tuhmat haqidagi asosli dalillarni to'plab olishingiz talab etiladi

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux