Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish haqidagi arizani xodim ogohlantirish muddatining oxirgi kuni chaqirib olmoqda. Muammo shundaki, xodim chaqirib olish haqidagi arizani pochta orqali yuborgan. Tabiiyki, ogohlantirish muddati tu


Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish haqidagi arizani xodim ogohlantirish muddatining oxirgi kuni chaqirib olmoqda. Muammo shundaki, xodim chaqirib olish haqidagi arizani pochta orqali yuborgan. Tabiiyki, ogohlantirish muddati tugagan kuni ish beruvchi shartnomani bekor qilgan. Xodimning arizasi bir necha kundan so’ng ish beruvchiga yetib kelmoqda. Xodim esa sudga bergan. Shu holatda nima bo’ladi?:

Haqiqatan ham bahsli vaziyat. Ayrimlar FK 148-moddasi, FPK 152-moddalariga asoslanmoqda. Ya'ni muddatning oxirgi kunida soat 24 ga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va xabarlar, pul o‘tkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi.

Lekin FK 148-moddasi 2-qismiga ko'ra, agar, bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, u holda muddat belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu tashkilotda tegishli operatsiyalar to‘xtatiladigan soatda tamom bo‘ladi.

E'tibor berdingizmi, belgilangan qoidalarga muvofiq deyilmoqda. MK 160-moddasida esa savolda so'ralgan arizani chaqirib olish qoidalari belgilab berilgan.

❗️MK 160-moddasi 6-qismiga ko’ra, ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.

⚠️ Demak, e’tibor bering, ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir deyilmoqda.

✅ Bundan xulosa qilsak, agar xodimning arizani chaqirib olish haqidagi pochta orqali yuborgan xati ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar ish beruvchiga yetib kelgan bo’lsagina xodim arizani chaqirib olishga haqli deb hisoblaymiz.

❌ Agar xat ogohlantirish muddati tugaganidan so’ng yetib kelgan bo’lsa, ish beruvchinig mehnat shartnomasini bekor qilishini qonuniy deb hisoblaymiz. Demak, arizasini chaqirib olishni xohlagan xodim yuqoridagi muddatlarga ham rioya qilishi, oldinroq harakat qilishi lozim. Yoki agar imkoni bo'lsa, xodim tashkilotga arizani shaxsan topshirsin.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux