Янгиликлар
Vazirlar mahkamasini 276 sonli buyruğiga kôra tez tibbiy yordam brigadalarini uzluksiz ish stajiga kõra 3yilda 10%. 5 yilda 20% qõahimcha tõlanishi yozilgan. Lekin bugalterlar bu qõshimchani faqat asosiy shtatdagilarga tõlanadi, ôrindoshlarga tõlanmaydi d
Vazirlar mahkamasini 276 sonli buyruğiga kôra tez tibbiy yordam brigadalarini uzluksiz ish stajiga kõra 3yilda 10%. 5 yilda 20% qõahimcha tõlanishi yozilgan. Lekin bugalterlar bu qõshimchani faqat asosiy shtatdagilarga tõlanadi, ôrindoshlarga tõlanmaydi degan javobni berishmoqda. Lekin 276 qaror bõyicha asosiy stavka, õrindoshlik degan jumlalar yôq. Bu holatda bugalter haqmi? Agar nohaq bõlsa qayerga murojaat qilsa maqsadga muvofiq bôladi.
MK 438-moddasining oxirgi qismiga ko’ra, agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o‘zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash mazkur ish o‘zi uchun asosiy ish bo‘lgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ILOVA “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”Nizomning 15-bandiga ko’ra, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorida ham ustamalar to’lashda o’rindoshlar bilan bog’liq hech qanday cheklov yo’q https://lex.uz/docs/-941878
✅ Demak, agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o‘zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o’rindoshlarga ham 276-son qarorda nazarda tutilgan to’lovlar to’lab berilishi kerak.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux