Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodimimiz ishga mast holatda keldi. Korxonamiz ichki mehnat tartibi qoidalarida mastlik 1 marta qo’pol buzish sifatida belgilangan. Xodimning mastlik holatini tibbiy xulosa bilan tasdiqlash shartmi yoki boshqa usullari ham bormi?


Xodimimiz ishga mast holatda keldi. Korxonamiz ichki mehnat tartibi qoidalarida mastlik 1 marta qo’pol buzish sifatida belgilangan. Xodimning mastlik holatini tibbiy xulosa bilan tasdiqlash shartmi yoki boshqa usullari ham bormi?

❗️Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalarining (ro‘yxat № 746, 14.06.1999-y.) 2.38-bandiga ko’ra ishga alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki zaharvandlik vositalarini iste’mol qilib kelish xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlar ro’yxatiga kiritilgan hamda bu holat guvohlarning ko‘rsatmalari yoki tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.

❗️Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 38-bandiga ko’ra????

????Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida ishga alkogoldan, narkotik yoxud toksinli moddalardan mast holda kelishi yoki ish joyida shu holatda bo‘lgani uchun MK 100-moddasi 2-qismining 4-bandiga asosan (amaldagi 161-modda 2-qism 5-band) mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan taqdirda, bu asos ko‘rsatilgan holatda faqat korxona hududida paydo bo‘lgan xodimga nisbatan emas, balki o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘lgan boshqa joylarda qayd etilgan holatda yurgan xodimga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda xodim ishdan chetlatilgan yoki chetlatilmaganligi ahamiyatga ega emas.

????Alkogol, narkotik yoxud toksinlik moddalar iste’mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi sarxushlik holati tibbiy xulosaga ko‘ra, shuningdek sud tomonidan huquqiy baholanishi lozim bo‘lgan boshqa isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin.

⚠️ Demak mastlik holati aynan tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi shart emas. Bu holat bevosita boshliqning raporti, guvohlarning ko‘rsatmalari va hamkasblarida mastlik alomatlarini ko‘rgan xodimlarning tilxatlari ham dalillar bo‘lishi mumkin. Xodimning mast holatda ekanligi dalolatnomada qayd etilishi mumkin. Uni tuzishda va imzolashda guvohlar ishtirok etadi. Dalolatnomani tuzish, aynan kim tuzishi lozimligiga oid qat’iy talablar mavjud emas. Bu xodimning bevosita rahbari yoki kadrlar bo‘limi xodimi bo‘lishi mumkin.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux