Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“VAZIFASINI BAJARUVCHI” KIM? “VAZIFASINI VAQTINCHA BAJARUVCHI” KIM?


VAZIFASINI BAJARUVCHI” KIM? “VAZIFASINI VAQTINCHA BAJARUVCHI” KIM?

Amaldagi mehnat qonunchiligida “vazifasini bajaruvchi”, “vazifasini vaqtincha bajaruvchi” terminlari qoʻllanilmaydi.

“Vazifasini bajaruvchi” tushunchasi mazmunan, Mehnat kodeksining 138-moddasida aks etgan “xodimni boshqa ishga oʻtkazish”ga yaqin tushunchadir. Mehnat kodeksining 139-moddasiga koʻra xodim aynan oʻsha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini oʻzgartirish xodimni boshqa ishga oʻtkazish hisoblanadi. Xodimni boshqa ishga oʻtkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga oʻtkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi. Xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan avvalgi ishini berishi shart.

Masalan, rahbar boʻshab ketganda uning oʻrniga oʻrinbosar yoki boshqa shaxs Mehnat kodeksi 139-moddasiga koʻra vaqtinchalik rahbar boʻladi. Belgilangan vaqt oʻtgach u oldingi ishiga qaytishi kerak.

“Vazifasini vaqtincha bajaruvchi” tushunchasi mohiyatan, Mehnat kodeksining 116-moddasida nazarda tutilgan xodimga topshirilayotgan qoʻshimcha ishni nazarda tutadi. “Vazifasini vaqtincha bajaruvchi” termini xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan asosiy ishga nisbatan boshqa kasb (lavozim) boʻyicha qoʻshimcha ishni bajarayotgan hollarda “bir necha kasbda (lavozimda) ishlash” yoki vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan, asosiy ishidagi ayni “oʻsha kasb (lavozim) yoki boshqa kasb (lavozim) boʻyicha ishdan ozod etilmagan holda bajarish” tushunchalarini oʻzida aks etadi.

Vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini asosiy ishdan ozod etilmagan holda bajarishni shtatdagi uning oʻrnini bosadigan, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat shartnomasiga, mansab yoʻriqnomasiga muvofiq oʻz lavozim majburiyatlariga vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish kiradigan shaxs zimmasiga yuklatish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, majburiyatlarni vaqtincha bajarish zimmasiga yuklatilayotgan xodimning biror-bir qoʻshimcha roziligini olishni talab etmaydi hamda qoʻshimcha ravishda haq toʻlanmaydi.

Masalan, rahbar ishdan boʻshab ketganda oʻrniga oʻrinbosarni ishlab turishi yaʼni “Vazifasini vaqtincha bajaruvchi” Mehnat kodeksi 116-moddasiga koʻra amalga oshiriladi.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux