Янгиликлар
O'qituvchi faqat yozda ta'tilga chiqishi shartmi?
O'qituvchi faqat yozda ta'tilga chiqishi shartmi?
O'ziga qulay vaqtda ta'tilga chiqsa bo'ladimi, masalan, kuz yoki bahorda? Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo’q.
✅ Pedagog xodim ta’tilini qismlarga bo’lib olishi mumkinmi? Ha, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mumkin. Bunga ham qonunchilikda hech qanday cheklov yoki taqiq yo’q.
❗️MK 231-moddasiga ko’ra, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi 14 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
✅ Ya’ni xodim ta’tilni qismlarga bo’lib olish uchun ariza yozsa, ish beruvchi ham bunga rozi bo’lsa, hamda ta’tilning istalgan bir qismi 14 kalendar kundan kam bo‘lmasa bo’ldi, hech qanday qonunbuzilish holati yo’q. Xohalasa ish beruvchi xodimning arizasini rad etsin ya’ni ish beruvchi xodimning arizasini qanoatlantirishga majbur emas.
⚠️ Demak, xulosa qiladigan bilsak, Sizning holatingizda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo’lingan, bunda ta’tilning bir qismi 14 kalendar kunni tashkil qilmoqda. Bu yerda hech qanday qonunbuzilish holati mavjud emas. Yana bir bor qaytaramiz, mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart yoki pedagogni ta’tilini qismlarga bo’lish mumkin emas degan talablar mavjud emas.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux