Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ogohlantirish muddati cho‘ziladimi


Ogohlantirish muddati cho‘ziladimi

❌ Yo’q, ogohlantirish muddati cho’zilmaydi. Chunki, MK 165-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno.

⚠️ E’tibor bering, 2ta holat ya'ni xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti (MK 282-moddasida davlat va jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga nimalar kirishi ko’rsatilgan) ogohlantirish muddatiga kiritilmaydi. Ta’til esa kiritiladi.

❗️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak xodim, kasal bo’lsa yoki davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti ogohlantirish muddati to’xtab turadi. Ta’tilda bo’lgan vaqti esa muddat o’taveradi ya’ni xodim ta’tilda bo’lgan vaqti hisobiga ogohlantirish muddatini cho’zmaysiz.

❗️???? Diqqat! Xodim ta’tilda vaqtida ogohlantirish muddati tugab qolsa, u holda ish beruvchi tashabbusiga ko'ra shartnomani ta’til tugagan kunda bekor qilasiz. Chunki, MK 163-moddasiga ko’ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlanadi, korxona butunlay tugatilgan holatlar mustasno.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux