Янгиликлар
MK 234-moddasi 3-qismiga ko’ra, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma bekor qilinganda, mazkur ta’tillar u
MK 234-moddasi 3-qismiga ko’ra, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma bekor qilinganda, mazkur ta’tillar uchun pulli kompensatsiya beramizmi? Shu masalada bahs ketmoqda. Ayrimlar beriladi deyishsa, ayrimlar yo’q deyishmoqda.
❗️MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
⚠️ E’tibor bering, barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo’shimcha ta’tillar uchun deyilmoqda. Siz aytgan 481 va 483-moddalardagi ta’tillar ham qo’shimcha ta’til hisoblanadi. Ushbu maqolamizda har yilgi qoʼshimcha taʼtillar berish tartibi hamda ularning huquqiy asoslari: https://t.me/mehnathuquqi/5197
Ya’ni mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ushbu ta’tillar uchun ham pulli kompensatsiya beriladi.
❗️Ko’pchilik MK 234-moddasi 3-qismiga chalg’imoqda. Ya’ni 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
⚠️E’tibor berdingizmi, mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
❌ Diqqat! Mehnat davrida pulli kompensatsiya qilib bo’lmasligi haqida gap ketmoqda.
✅ Mehnat shartnomasi bekor qilinganda esa pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
✅ Xullas, xodimning haqqiga xiyonat qilmaslik kerak. Mehnat shartmnomasi bekor qilinganda, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan foydalanilmagan qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya to’lanishi shart.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux