Янгиликлар
10-noyabrda farzadli bo'ldik ayolim magistr 2-kurs talabasi shunda ayolimga institut tarafidan qanday qulaylik bor masalan onlayn darsmi? Yosh bolasi bo‘lgan talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi degan qaror chiqqan ekan, shu to’g’r
10-noyabrda farzadli bo'ldik ayolim magistr 2-kurs talabasi shunda ayolimga institut tarafidan qanday qulaylik bor masalan onlayn darsmi? Yosh bolasi bo‘lgan talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi degan qaror chiqqan ekan, shu to’g’rimi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga 1-ilova “2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha” Milliy dasturga ko’ra, qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishlari ta’minlanadi, 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. E’tibor bering, bu yerda gap qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlar haqida gap ketmoqda. Bu qoidalar oliy ta’limga taalluqli emas. Asos: https://lex.uz/uz/docs/-5899498#-5901504
Bu holatda ayolingiz Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qaroriga 1-ilovaga ko’ra, akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.
Bunda oliy ta’lim muassasasida muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga ushbu ta’lim shakliga o‘tkaziladi.
❗️Demak, agar ayolingiz o’qiyotgan ta’lim yo‘nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasasida sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda ayolingiz arizasiga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ushbu ta’lim shakliga o‘tkaziladi. Asos: https://lex.uz/docs/-5443081
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux