Янгиликлар
Bir xodimimiz ish haqi saqlanmagan ta’tilga chiqqan edi, lekin shu davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi olib keldi. Buxgalterimiz bs davriga “dekret puli” to’lanmaydi deyapti. Shu to’g’rimi?
Bir xodimimiz ish haqi saqlanmagan ta’tilga chiqqan edi, lekin shu davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi olib keldi. Buxgalterimiz bs davriga “dekret puli” to’lanmaydi deyapti. Shu to’g’rimi?
❌ Yo’q, noto’g’ri. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 22-bandiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi:
❌ ish haqi saqlanmagan ta’til;
❌ bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
❌ ish vaqtincha to‘xtatilgan;
❌ xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
❌ harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
❌ ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.
✅ Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Masalan, Xodim 2023 yilning 1 mayidan 10 kunga ish haqi saqlanmagan taʼtilga chiqdi. Ishga chiqish sanasi 11 may edi, lekin kasallik davom etib xodim 19 may sanasidan ishga chiqdi. Demak, bu holatda 5-10 may kunlari uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʼlanmaydi, chunki kasallik davri ish haqi saqlanmagan taʼtilga toʼgʼri kelmoqda. Biroq 11-18 may davri uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʼlanadi, chunki xodimning ish haqi saqlanmagan taʼtil davri 10-may sanasida tugagan.
❌ “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667 ) 8-bandiga ko’ra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari ishlamaydigan shaxslarga, ish haqi saqlanmagan holda mehnat ta’tilida bo‘lgan shaxslarga (mazkur Yo‘riqnomaning 29-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollardan tashqari) va harbiy xizmatchilarga berilmaydi.
✅ 29-band 3-xatboshisiga ko’ra, bola 2 va 3 yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo’lgan xodimga ham “dekret puli” to’lab berilar ekan. E’tibor bering, agar ish haqi saqlanmagan taʼtil davrida xodim kasal boʼlib qolsa, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʼlanmaydi, lekin “dekret puli” to’lanar ekan.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux