Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ishga tiklashga sudga da’vo ariza kiritdim. Uzog’i qancha muddatda sud bo'ladi?


ishga tiklashga sudga da’vo ariza kiritdim. Uzog’i qancha muddatda sud bo'ladi?

1️⃣ Fuqarolik protsessual kodeksining 192-moddasiga (Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish) ko’ra, sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 1️⃣0️⃣ kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek arizani taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.

2️⃣ FPKning 202-moddasiga (Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari) ko’ra, fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran 1️⃣0️⃣ kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to‘g‘risidagi ishlar mustasno.

3️⃣ FPKning 207-moddasiga (Fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish muddatlari) ko’ra, aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran 2️⃣0️⃣ kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.

⚠️ Demak, yuqoridagi muddatlardan kelib chiqsak 10 kun (FPK 192-moddasi) + 10 kun (FPK 202-moddasi)+ 20 kun (FPK 207-moddasi) = 40 kun. Demak, uzog’i bilan maksimal 4️⃣0️⃣ kun ichida sud bo’ladi, balki undan ham oldin bo’lishi mumkin, masalan 30 kun ichida va hokazo. Maksimal muddat 40 kundan oshib ketmasligi kerak.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux