Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat shartmnomasi bekor qilinganda, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan foydalanilmagan qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya to’lanishi shartligi haqidagi postizni o’qidik, katta rahmat. Yana bir bahsli holat tug’ilib qoldi, 401-moddadagi


Mehnat shartmnomasi bekor qilinganda, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan foydalanilmagan qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya to’lanishi shartligi haqidagi postizni o’qidik, katta rahmat. Yana bir bahsli holat tug’ilib qoldi, 401-moddadagi 4 kalendar kun ta’tilni ham tushuntirib bering, iltimos. Shartnoma bekor qilinganda ushbu ta’tilga ham pulli kompensatsiya to’lashimiz shartmi?

Mehnat shartmnomasi bekor qilinganda, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan foydalanilmagan qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya to’lanishi shart. Bu borada bahs bo’lishi mumkin emas. Batafsil ushbu postimizda to’xtalgan edik https://t.me/mehnathuquqi/6115

401-masalasi esa haqiqiy boshog’riq. 401-modda “Ko’rshapalak haqidagi rivoyat”ni esga soladi. Qadim zamonda qushlar va hayvonlar o’rtasida jang boshlanadi. Shunda hayvonlar kelib, ko’rshapalakka bizning tarafga o’tib jang qil deyishsa, yo’q men qushman deb javob beradi, qushlardan shunday taklif tushsa men hayvonman deb javob bergan ekan. Ya’ni aytmoqchimanki, 401-moddadagi ta’til ham ijtimoiy, ham qo’shimcha ta’til ya’ni “gibrid” bo’lib qolgan.

MK 401-moddasiga e’tibor bersangiz, haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til deyilmoqda.

MK 237-moddasi 6-qismida esa ijtimoiy ta’til deyilmoqda.|

MK 401-moddasiga ko’ra, 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

⚠️ Demak, bu 4 kunlik ta’tilni faqat tegishli ish yilida foydalanish mumkin, keying ish yiliga ko’chirib bo’lmaydi. Bundan tashqari pulli kompensatsiyaga ham alishtirib bo’lmaydi.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux