Янгиликлар
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimimiz oyog’ini sindirib 1 oy gipsda yotdi. Lekin u mast holatda bo’lgan, tushuntirish xatida ham buni tan olgan. Unga ham bolnichniy to’lanadimi?
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimimiz oyog’ini sindirib 1 oy gipsda yotdi. Lekin u mast holatda bo’lgan, tushuntirish xatida ham buni tan olgan. Unga ham bolnichniy to’lanadimi?
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandiga ko’ra
(https://lex.uz/docs/-357102) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka solganda;
❗️giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);
hibsda bo‘lgan davrda;
sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi” Nizomga ko’ra (https://lex.uz/docs/-545128) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unga ko’ra, xodimning hushyorligi (alkogol yoki narkotiklar ta’siridaligi) tibbiy xulosaga binoan belgilanadi.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux