Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men bola parvarishlash ta`tilidagi xodimning o`rniga ishlayapman. Menga ham homiladorlik va tug`ruq ta`tili beriladimi va pul hisoblanadimi. Javob uchun rahmat


Men bola parvarishlash ta`tilidagi xodimning o`rniga ishlayapman. Menga ham homiladorlik va tug`ruq ta`tili beriladimi va pul hisoblanadimi. Javob uchun rahmat

❗️Siz bilan bola parvarishlash ta’tilidagi ayol ishga qaytguniga qadar, MK 112-moddasiga ko’ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan.

✅ Sizga ham homiladorlik va tug‘ish ta’tili va nafaqasi ya'ni "dekret puli"beriladi. MK 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Tasavvur qilaylik, bola parvarishlash ta`tilidagi ayol ishga qaytdi. Siz esa homiladorsiz. Bu holatda nima bo’ladi? MK 408-moddasiga ko’ra, homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etsangiz ish beruvchi Sizni sog‘lig‘ingiz holati inobatga olingan holda bajara oladigan boshqa ishga o’tkazadi va mehnat shartnomasining amal qilish muddati homiladorlik tugaguniga qadar, homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan taqdirda esa bunday ta’tilning oxiriga qadar uzaytiriladi. Agar sog’lig’ingizga mos ish bo’lmasa shartnoma bekor qilinadi, lekin Sizda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.

✅Demak, har ikki holatda ham Sizga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilar ekan.

⚠️ Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi 49-3-moddasiga koʼra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʼish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʼlash boʼyicha majburiyatdan boʼyin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining oʼn baravaridan oʼn besh baravarigacha (4 million 950 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux