Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men davlat bog’chasida tarbiyachi bo’lib ishlayman. Qancha muddatda malaka oshirishim kerak?


Men davlat bog’chasida tarbiyachi bo’lib ishlayman. Qancha muddatda malaka oshirishim kerak?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga 3-ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida”gi Nizom davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

❗️Buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari.

❗️Pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar.

Pedagog xodimlar 5️⃣ yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.

Malaka oshirishning to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllari uchun auditoriya mashg‘ulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.

Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u 16 haftadan (576 soatdan) kam bo‘lmasligi shart. Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.

Malaka oshirish kurslaridan o‘tish jadvali har yili 1️⃣5️⃣-dekabrga qadar vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmachilarga yetkaziladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux