Янгиликлар
Kovidga 100% bolnichniy pul toʼlanishi haqidagi asos bormi?
Kovidga 100% bolnichniy pul toʼlanishi haqidagi asos bormi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (https://lex.uz/ru/docs/-4770761) 16-bandiga ko’ra, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 1️⃣0️⃣0️⃣ foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
Bundan tashqari “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan https://lex.uz/docs/-357102 )ning 17-bandiga ko’ra, agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa nafaqa beriladi.
Shuningdek, “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnomaning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667 https://lex.uz/docs/-2625878 ) 46-bandi ikkinchi xatboshisiga ko’ra, yuqumli, parazitar kasalliklar bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada karantinga olingan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘linmalari epidemiologi yoki sanitar vrachi tomonidan beriladi.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux