Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Dars soatlari qanday taqsimlanadi


Dars soatlari qanday taqsimlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qaroriga ilova tarzda tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 23-bandiga asosan, hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari tomonidan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi: bir stavkada ishlovchi o‘qituvchi uchun boshlang‘ich I ― IV sinflardagi haftalik o‘quv yuklamasi ― 18 soat va pedagogik yuklamasi ― 18 soatni tashkil etadi.

Mehnat kodeksining 186-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni (smena) va (yoki) to‘liqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga bo‘lgan holda) belgilanishi mumkin. To‘liqsiz ish vaqti ham muddati cheklanmagan holda, ham mehnat shartnomasi taraflari kelishgan har qanday muddatga belgilanishi mumkin. Agar siz 13 soat yuklama bilan ishlayotgan bo’lsangiz, demak to‘liqsiz ish vaqtida ishlayapsiz.

Mehnat kodeksining 134-moddasiga binoan, ish vaqtining davomiyligi ijtimoiy omil sifatida mehnat shart sanaladi. Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni ish beruvchi bilan kelishib to’liq stavkaga o’tishingiz mumkin.

Ushbu vaziyatda siz Mehnat kodeksining 136-moddasiga asosan, to’liq stavkaga o’tish bo’yicha ariza bilan ish beruvchiga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizangiz u berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi. Yuqoridagi qonun hujjatlariga asoslanib o’z huquqlaringizni talab qilishingiz mumkin.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux