Янгиликлар
Yurisprudensiya yo’nalishini tugatganlar maktabda “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars o’tishi mumkinmi yoki qayta tayyorlovdan o’tishlari lozimmi?
Yurisprudensiya yo’nalishini tugatganlar maktabda “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars o’tishi mumkinmi yoki qayta tayyorlovdan o’tishlari lozimmi?
Xaql ta’limi vazirining 2022-yil 17-oktabrdagi 321-son “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini takomillashtirish va o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi buyrug’i 3-ilovasi “Xalq ta’limi tizimida pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash yo‘nalishlari” ga ko’ra, yurisprudensiyani tugatganlar “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars o’tishlari uchun pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlashdan o’tishlari shart. Buyruq va ilovalar quyida ilova qilinadi.
Nurafshon shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux