Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Intizomiy jazosi bor xodimga KPI bo’yicha nadbavka, ustama bersa bo’ladimi?


Intizomiy jazosi bor xodimga KPI bo’yicha nadbavka, ustama bersa bo’ladimi?

Juda ko’pchilikdan shu kabi savollar ko’plab kelmoqda. MK 299-moddasi 5-qismiga e’tibor bering! Unga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

???? E’tibor bering, bu yerda gap rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar haqida gap ketmoqda. Batafsil ushbu postimizda tahlil qilingan https://t.me/mehnathuquqi/5674

Mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni chalkashtirmanglar!

Endi MK 299-moddasi 4-qismiga e’tibor bering! Unga ko’ra, ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.

Siz savolda so’ragan KPI bo’yicha nadbavka, ustama rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi hamda intizomiy jazosi bor xodimlarga ham taqdim qilinadi. Lekin tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to’lamaslikni nazarda tutilishi mumkin.

???? Demak, bundan xulosa qilamizki, agar tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida alohida qoida belgilanmagan bo’lsa, intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar to’lanadi.

Nurafshon shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Nazarov Farrux