Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men 5 kunlik ish haftasida ishlayman 10 kunga bolnichniy olib keldim. Buxgalterimiz aytdiki, faqat 8 ish kuniga pul to’lanar ekan, chunki dam olish kunlari shanba va yakshanba chiqarib tashlanar ekan. Shu to’g’rimi?


Men 5 kunlik ish haftasida ishlayman 10 kunga bolnichniy olib keldim. Buxgalterimiz aytdiki, faqat 8 ish kuniga pul to’lanar ekan, chunki dam olish kunlari shanba va yakshanba chiqarib tashlanar ekan. Shu to’g’rimi?

❗️Bu holatda alohida e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan holat bor. Chunki mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay shakllariga qarab, shuningdek ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmagan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibi farq qiladi.

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1136 Nizomning 55-bandiga ko’ra (mehnatiga vaqtbay haq to‘lanadigan xodimlarga) https://lex.uz/docs/-357102#-367611, nafaqani hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko‘rsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ro‘y bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval bo‘yicha) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi (Eslatma: ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda tutiladi). Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

⚠️ Masalan, agar xodimga kasallik ta'tili 10 kun muddatga berilgan bo'lsa va korxonada besh kunlik ish haftasi belgilangan bo'lsa, shanba va yakshanba chiqarib tashlanadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi faqat 8 kun uchun to'lanadi.

Nizomning 56-bandiga ko’ra (Ishbay ish haqi oluvchi xodimlarga) nafaqani hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha kunlik ish haqi Nizomning ushbu bandi va 58-bandida ko‘rsatilgan ish haqini ushbu ish haqi olingan davrdagi jadval bo‘yicha barcha ish kunlari soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi taqsimlanadigan ish kunlar soniga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tug‘ish ta’tili, yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’til, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagi ishdan ozod etilgan kunlar qo‘shilmaydi.

Nizomning 69-bandida esa esa ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmagan xodimlarga (uyda ishlovchilarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ikkilamchi va boshqa xil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘uvchilarga, tarqatish va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish korxonalari agentlariga va boshqa shunday toifadagi xodimlarga) nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan beriladigan ta’tilning barcha kalendar kunlariga to‘lanadi. Ko’pchilik mana shu yerda chalg’iydi. Mana barcha kalendar kunlariga to‘lanadi deb yozib qo’yilibdiku deb. E’tibor bering bu qoida ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmagan xodimlarga taalluqli.

Olmaliq shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba