Янгиликлар
Ko‘tarma pul (подъемные) kimlarga beriladi?
Ko‘tarma pul (подъемные) kimlarga beriladi?
MK 289-moddasiga (Xodim boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tayotganda kompensatsiya to‘lovlari) ko’ra, ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha boshqa joyga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga, shuningdek taqsimot bo‘yicha yashash joylaridan tashqarida ish joyi berilgan ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik tarif stavkasi (maosh) miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul), shuningdek xodim bilan birga ko‘chib o‘tayotgan har bir oila a’zosiga ko‘chib o‘tayotgan xodim tarif stavkasining (maoshning) uchdan bir qismi, basharti ushbu oila a’zolari xodimga alohida uy-joy berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida ko‘chib o‘tsa.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba