Янгиликлар
SAYLOVDA ISHLAGANIMIZ UCHUN HAQ TO’LANADIM
SAYLOVDA ISHLAGANIMIZ UCHUN HAQ TO’LANADIM
Mehnat kodeksining 209-moddasiga asosan, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.Mazkur moddada ko’rsatilgan talablar asosida xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun Mehnat kodeksining 263-moddasiga muvofiq kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. Jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki hujjatda dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari (masalan, uch-to’rt hissa) nazarda tutilishi mumkin.
Mazkur kodeksning 212-moddasiga asosan, xodimlarni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Xodimning dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishlashga roziligi xodim tomonidan tegishli ariza berish yoxud xodim tomonidan ish beruvchining xodim dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishlashga rozi ekanligi to‘g‘risidagi buyrug‘iga imzo qo‘yish orqali olinishi mumkin.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba