Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ISSIQ HAVODA ISHLAYOTGANLARGA IMTIYOZ BORMI?


ISSIQ HAVODA ISHLAYOTGANLARGA IMTIYOZ BORMI?

➖Amaldagi qonunchilikda issiq havoda xodimlarga yengillik berish bo’yicha muayyan norma mavjud emas. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniniga muvofiq, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.

➖Mehnat vazirligi bergan tavsiyaga ko’ra, mehnat sharoitlari bo‘yicha yilning issiq davrida ochiq maydonlarda bajariladigan ishlar ish kategoriyasiga (Ia-III) muvofiq havo harorati 34,2°C-36,0°C dan yuqori bo‘lganda inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli hisoblanib (0141-03-son SanQvaM), mazkur holatda ish rejimini o‘zgartirgan holda, ya’ni ish vaqtini kunning salqin vaqtlariga ko‘chirgan holda ishni tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

➖Agarda xodim ochiq maydonda (qurilish maydonlarda, dalalarda) faoliyatini amalga oshiriyotgan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan mavsumga mos bo‘lgan himoya vositalari ajratilishi, ish rejimini o‘zgartirilishi (dam olish vaqtlarini uzaytirish yoki ishlash soatlarini o‘zgartirishi, ish vaqtning qisqartirilishi), shuningdek xodimlarni bepul toza ichimlik (mineral) suv bilan ta’minlanishi lozim. Shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qolinadi.

➖Korxonadagi bunday ishlarning ro‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olingan holda amalga oshiriladi. Mehnat kodeksiga muvofiq xodim ish jarayonida o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelib qolganligi to‘g‘risida ish beruvchiga darhol xabar qilishi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirib borish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi organlar ana shu holatlarni tasdiqlagan taqdirda ish beruvchi bu holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim.

Olmaliq shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba