Янгиликлар
Kutubxonada ishliman buxgalter oylik maoshimi 2 ga ya’ni avans oylik beraman divoti. Man manga faqat oylik bering avans kerakmas divoman o’zi oylik maoshim kam bo’lsa. Qonunda xodim avans olmiman faqat oylik olaman deyishga haqlimi?

Keltirilgan masalangizdan anglashilyaptiki, buxgalter sizga avans emas, ish haqini har oyda ikki marta berishni aytgan. Avans bu hali bajarilmagan ish uchun to’lanadigan to’lovdir. Shu sababli siz aytayotgan avans ish haqingiz sanaladi. Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli ushbu vaziyatda buxgalterning harakatlari qonuniy. Sizning talabingiz asossiz.
Olmaliq shahar adliya bo ‘limi
YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba