Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

maktab direktori bir kun ishga bormaganim uchun sababsiz ishga kelmadi deb men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilaman deb aytyapti. Aytingchi bungacha hech qanday ayb qilmagan xodimni shu taxlid ishdan boʻshatish mumkinmi?


maktab direktori bir kun ishga bormaganim uchun sababsiz ishga kelmadi deb men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilaman deb aytyapti. Aytingchi bungacha hech qanday ayb qilmagan xodimni  shu taxlid ishdan boʻshatish mumkinmi?

Ishdan bo'shatish oson jarayon emas. Aybingi yo'q bo'lsa ishdan bo'shatish mumkin emas. Fikrimizni asoslashga harakat qilamiz. Mehnat kodeksining 161-moddasiga asosan, xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxatini belgilash ushbu Kodeksning 162-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur moddaga ko'ra mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati ichki mehnat tartibi qoidalarida ko'rsatilishi kerak.

Shunday ekan siz ishlayotgan tashkilotning ichki hujjatlari bilan tanishmasdan turib bir narsa deyish qiyin.

Siz uchun foydali bo'lgan ma'lumot shuki, Mehnat kodeksi 313-moddasi intizomiy jazo chorasini qo‘llashda, shu jumladan ishdan bo'shatishda ish beruvchi xodim tomonidan sodir etilgan qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olishi kerak.

Olmaliq shahar adliya bo ‘limi

YXKM boshlig‘i Ashurova Matluba